SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNI KANDIDOZGA QARSHI HUSUSIYATLARINI O'RGANISHVA TADQIQ ETISH

Authors

  • G.Sh. Abdulaxadova

Abstract

Hozirgi kunda dunyo miqyosida Kandidoz kasalligining keng tarqalganligi va uning
terapevtik muolajalarga chidamliligi oshishi tufayli muqobil yondashuvlar talab etilmoqda.
Ulardan biri antifungal faollikka ega probiotiklarni yaratish va ulardan oqilona foydalanishdir.
Probiotik bakteriyalarning zamburug'lar bilan kurashish mexanizmlari kimyoviy
preparatlarga qaraganda boshqacha bo'lishi mumkin. Probiotiklarning asosiy xususiyati,
zamburug'larning ko'payishini oldini oladigan tabiiy sog'lom mikrobiomani tiklashdir.
Probiotiklar patogen zamburug'larni oziqa manbalari uchun biologik faol birikmalar
ishlab chiqarish orqali ingibirlash, bu esa kandidozning o'sishiga va ularning shilliq pardalarga
(kislotalar, bakteriotsinlar , sirt faol moddalar va boshqa ingibitorlar) biriktirilishiga
to'sqinlik qiladi. Sut achituvchi bakteriyalarning bu xususiyatlari juda muhim, chunki
ular odatda terapiyaga chidamli bo'lgan eng xavfli zamburug' infektsiyalarini keltirib
chiqaradigan shartli patogenlarini shakllanishiga to'sqinlik qiladi.

Downloads

Published

2022-12-21