INGLIZ TILIDA OBRAZLI TIL VOSITALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. METAFORLARNING BOSHQA OBRAZLI TIL VOSITALARIDAN FARQI.

Authors

  • A.A. Qosimov

Abstract

Obrazli til vositalari nafaqat ingliz tilida, balki dunyoning barcha tillarida har doim
qo'llaniluvchi ajoyib aloqa vositasidir. Obrazli til vositalari bizga nutqda ifodalamoqchi
bo'lgan murakkab ta'riflar yoki his-tuyg'ularni tez va samarali yetkazishga yordam beradi.
Ingliz tilida obrazli til vositalarini "nutq figuralari" deb ham ataladi. Og'zaki nutqda
obrazli til vositalaridan auditoriyani o'z fikrlarimiz yoki ma'lumotlarimizga ishontirish,
jalb qilish va ular bilan o'zaro psixologik bog'liqlikni mustahkamlash uchun ishlatishimiz
mumkin. Badiiy adabiyotda esa ushbu nutq figuralari o'quvchilarga asar yoki hikoyadagi
holat va hodisalarni yanada yorqinroq tushuntirish uchun foydalaniladi. Ushbu obrazli
nutq figuralarini qo'llash vaqtida shoir yoki yozuvchilardan yetarli darajada ehtiyotkorlik
talab qilinadi.

Downloads

Published

2022-05-11